Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1-iyul holatiga O‘zbekistonda 1 kilometr kvadrat yer maydoniga o‘rtacha 81 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.

Qayd etilishicha, bu 2022-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ortgan (2022-yil 1-iyul holatiga 1 kilometr kvadratga 79,3 kishi).

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, 1-iyul holatiga respublikaning doimiy aholisi 36 372 437 kishini tashkil etmoqda.

- Shahar joylarda – 18 557,5 ming kishi;

- Qishloq joylarda – 17 814,9 ming kishi.