Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonda jami 10,6 trillion soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan. 2020-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 100,4 foizni tashkil etdi.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 517,4 milliard soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,8 foizga teng.

Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 10 166,0 milliard soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 95,2 foizga teng.

Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 1296,9 milliard soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 7 490,5 milliard soʻmni tashkil qilgan.