Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 16 007,3 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.

Sement ishlab chiqarish dinamikasi oʻtgan yillarning mos davrida quyidagicha:

— 2022-yilda — 11 359,5 ming tonna;
— 2023-yilda — 11 931,3 ming tonna;
— 2024-yilda — 16 007,3 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.