Oʻzbekistonda 15 mingga yaqin kutubxona faoliyat yuritmoqda

    2025-yil 1-yanvar holatiga mamlakat boʻylab 14 999 ta kutubxona faoliyat koʻrsatmoqda. Ularda jami 85 million nusxada kitob va jurnallar mavjud.

    Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi. Qayd etilishicha, kutubxona foydalanuvchilari soni 12,8 million nafarni tashkil etdi.

    Shulardan:

    • 31,6% — 14 yoshgacha boʻlgan bolalar,
    • 45,9% — 15–24 yoshdagi oʻsmirlar,
    • 22,6% — 25 yosh va undan kattalar.

    Hududlar boʻyicha kutubxonalar soni:

    • Fargʻona viloyati — 2 108 ta
    • Samarqand viloyati — 1 863 ta
    • Qashqadaryo viloyati — 1 476 ta
    • Toshkent viloyati — 1 467 ta
    • Surxondaryo viloyati — 1 159 ta
    • Andijon viloyati — 1 065 ta
    • Namangan viloyati — 891 ta
    • Jizzax viloyati — 868 ta
    • Xorazm viloyati — 688 ta
    • Sirdaryo viloyati — 526 ta
    • Navoiy viloyati — 489 ta
    • Buxoro viloyati — 764 ta
    • Qoraqalpogʻiston Resp. — 934 ta
    • Toshkent shahri — 701 ta

    Maʼlumot uchun: bu koʻrsatkichga taʼlim muassasalari, hokimliklar, vazirlik va idoralar tasarrufidagi axborot-kutubxona markazlari ham kiritilgan.