Oʻzbekistonda 19-iyul kuni qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum boʻldi

    Yashil sayyora 18 Iyul 2021 1090

    “Oʻzgidromet” xizmati 19-iyul, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

    Unga koʻra, Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22–24 daraja, kunduzi 36–38 daraja issiq boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 35–40 daraja issiq boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 35–40 daraja issiq boʻladi.

    Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 34–39 daraja issiq boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 35–40 daraja issiq boʻladi.

    Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 28–33 daraja issiq boʻladi.

    Respublikaning togʻli hududlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarida oʻzgarib turadi, baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 22–27 daraja issiq boʻladi.