2019-yilning noyabr oyida taʼmirga tushgan maktab, 1971-yilda qurilgan boʻlib, quvvati 960 oʻrinni tashkil etadi. Bugungi kunda mazkur taʼlim muassasasida 2207 nafar oʻquvchi taʼlim olayotgani maktabning hududdagi eng talabgir maktablardan ekanligidan dalolat berib turibdi.

Prezidentimiz tomonidan 2019-yilning 23-avgust kuni xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida mansabdor shaxslarga maktablarni otaliqqa olishi yuzasidan topshiriqlar berilgan. Yuqoridagi maktabning zamonaviy qiyofaga kirgani ana shu ishlarning amaliy natijasi boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Taʼkidlash joiz, otaliqqa olingan maktablar yangicha qiyofa kasb etib, taʼlim olayotgan oʻquvchilarni ilm olishga ishtiyoqini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Barcha hokimlar, sektor rahbarlari hamda tadbirkorlarimizni maktab taʼlimini rivojlantirish boʻyicha umummilliy harakatga qoʻshilishga chorlaymiz! Zero, maktablarning infratuzilmasini takomillashtirish orqali biz taʼlim sifatini oshirish boʻyicha albatta qoʻyilgan maqsadlarga erishamiz. Siz ham tashabbusga qoʻshiling!