Oʻzbekistonda 2025-yil 1-avgustdan qonunchilikda nimalar oʻzgaradi?

    Budjdet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda talabalar va oʻquvchilarning stipendiyalari 10 foizga oshiriladi.

    2025-yil 1-avgustdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar boʻyicha sharh Norma.uz tomonidan taqdim etildi.

    Ish haqi va stipendiyalar oshiriladi

    Byudjdet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda talabalar va oʻquvchilarning stipendiyalari 10 foizga oshiriladi.

    Bunda:

    • mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 soʻm;
    • bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 soʻm etib belgilanadi.

    Portlovchi moddalar bilan ishlash uchun litsenziya – FVV bilan kelishilgan holda

    Endilikda portlovchi va xavfli moddalar, portlovchi qurilmalarni:

    • yaratish,
    • ishlab chiqarish,
    • tashish,
    • saqlash,
    • realizatsiya qilish (sotish)
    • boʻyicha litsenziyalarni berishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) bilan majburiy kelishuv talab etiladi.

    Yer osti boyliklaridan foydalanish qoidalari buzilgani haqidagi xabarlar uchun mukofot toʻlanadi

    “Geomonitoring” axborot tizimi orqali:

    yer osti resurslaridan foydalanish qoidalari buzilishi aks etgan foto va video materiallarni yuborish;

    taqdim etilgan maʼlumot uchun pul mukofoti olish mumkin boʻladi.

    Nogironligi bor shaxslar uchun ish oʻrinlari zaxirasi joriy etiladi

    “Yagona milliy mehnat tizimi” axborot dasturida nogironligi bor shaxslar uchun ish oʻrinlarini zaxiralash tizimi joriy etiladi.

    Tashkilotlar elektron roʻyxatga asosan, nogironlarning jismoniy holati, imkoniyatlari va malakasiga qarab, oʻz joylashgan manzilida ish oʻrinlarini zaxira qilib beradilar.

    Oziq-ovqat mahsulotlariga majburiy standartlar bekor qilinadi

    Bundan buyon oziq-ovqat mahsulotlari uchun majburiy standartlar oʻrniga Kodeks Alimentarius standartlari asosida sanitariya qoidalari, normalar va gigiyenik meʼyorlarga amal qilish talab etiladi.

    Davlat organlarida jismoniy tarbiya va tana vazni indeksi nazorati joriy etiladi

    Har bir ish kunida davlat organlari va tashkilotlarida jismoniy tarbiya tadbirlari oʻtkaziladi. Xodimlarning tana vazni indeksi muntazam oʻlchanadi va bu maʼlumotlar hrm.argos.uz platformasida doimiy ravishda eʼlon qilib boriladi.

    Ayrim oilalarga bogʻcha uchun toʻlov kompensatsiya qilinadi

    Kompensatsiya mablagʻlari davlat byudjeti hisobidan ajratiladi va xususiy maktabgacha taʼlim muassasalariga yoʻnaltiriladi.

    Qabul qilingan talabalar haqidagi maʼlumot HEMIS tizimiga joylashtirilishi shart

    Barcha xususiy oliy taʼlim muassasalari talabalarni qabul qilish buyrugʻini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining HEMIS yagona axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazishi shart. Oxirgi muddat – joriy oʻquv yilining 1-oktabridan kechikmasligi kerak.