Bu haqda Bandlik vazirligi maʼlum qildi.
Rasmiy statistikaga koʻra, ushbu hodisalarning 216 tasi oʻlim bilan yakunlanib, jami 248 nafar fuqaro halok boʻlgan.
Baxtsiz hodisalar natijasida 961 nafar kishi turli darajada jabrlangan. Xususan, 680 nafar ishchi ogʻir, 33 nafar fuqaro esa yengil tan jarohatlari olgan.
Baxtsiz hodisalarning eng koʻp qismi qurilish sohasiga toʻgʻri kelgan — 234 ta holat. Shuningdek, yengil sanoatda 47 ta, transport sohasida 37 ta, qishloq va suv xoʻjaligida 36 ta, energetikada 34 ta holat qayd etilgan.
Sogʻliqni saqlash sohasida 27 ta, Navoiy KMKda 22 ta, Olmaliq KMKda 11 ta, kimyo sanoatida 11 ta va maktabgacha taʼlim tizimida 8 ta baxtsiz hodisa sodir boʻlgan. Qolgan 370 ta holat esa boshqa sohalar hissasiga toʻgʻri keladi.
Hududlar kesimida eng koʻp baxtsiz hodisalar Toshkent shahrida — 153 ta holat qayd etilgan. Qashqadaryo viloyatida 93 ta, Buxoro viloyatida 92 ta, Toshkent viloyati va Andijon viloyatida 75 tadan, Navoiy viloyatida 65 ta, Samarqand viloyatida 53 ta, Fargʻona viloyatida 50 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 47 ta, Sirdaryo viloyatida 46 ta, Jizzax viloyatida 35 ta, Namangan viloyatida 33 ta holat qayd etilgan. Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida esa 16 tadan baxtsiz hodisa aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli choralar koʻrilgan boʻlib, 432 nafar mansabdor shaxsga nisbatan jinoiy ishlar qoʻzgʻatilgan, 241 nafar mansabdor shaxsga esa maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllanilgan.