Bu haqda IIV YHXX matbuot kotibi Zoir Yoʻldoshev maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, hozirgi kunda uch nafar haydovchida 7,5−8 jarima balli mavjud. Yana ikki nafar haydovchi 6,5−7 ball, 12 nafar haydovchi esa 5,5−6 ball toʻplagan.
Jarima ballari qoʻllangan haydovchilarning asosiy qismi — 165 193 nafari 0,5 dan 5 ballgacha boʻlgan umumiy ballarni jamlagan. Qayd etilishicha, 2025-yilning soʻnggi ikki oyida 50 mingdan ortiq haydovchi jarima ballarini olgan.
YHXX matbuot kotibi eslatishicha, 2026-yil 1-apreldan boshlab maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali aniqlangan yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun ham jarima ballari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda esa ballar faqat YHXX xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnomalar asosida qoʻllanmoqda.