Oʻzbekistonda 3 ballik zilzila qayd etildi

    Voqea-hodisalar 16 Sentabr 2021 764

    Oʻzbekiston hududida Toshkent vaqti bilan soat 14:43 da zilzila qayd etildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining maʼlum qilishicha zilzila epitsentri Ohangaron tumani boʻlgan.

    Qayd etilishicha, yer silkinishi epimarkazi Toshkentdan 55 kilometr janubi-sharqda joylashgan boʻlib, oʻchogʻi 5 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 3 ballga teng boʻlgan.

    Maʼlumot uchun, bundan avval soʻnggi 6 kunda Oʻzbekiston hududida 2-marta yer silkinishi sezildi. Xususan, 11-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:51 da Qozogʻistonning janubida, Toshkentdan 33 kilometr shimoli–gʻarbda magnitudasi 3,6 ballik hamda 15-sentyabr kuni soat 00:11 da Toshkentdan 40 kilometr shimoli-gʻarbda Qozogʻiston hududida magnitudasi 3,2 ballik zilzila qayd etilgan.