Oʻzbekistonda 31-mart — 2-aprel kunlari qanday ob-havo kutiladi?

    Mamlakatimizda 31 Mart 2023 769

    Bugun va ertaga Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi.

    Faqat Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida bugun kunduz kuni baʼzi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomgʻir yogʻadi. Kunduzgi havo harorati 20-25o atrofida boʻladi.

    Yakshanba kuni mamlakatimiz hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan siklon kirib kelishi, buning hisobiga nam havo massalari kirib kelishi kutilyapti. Oʻzbekiston hududi boʻyicha baʼzi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomgʻir yogʻadi, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Respublikaning ayrim hududlarida doʻl yogʻishi mumkin. Faqat sharqiy hududlarda yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

    1-2-aprelda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, respublika shimolida va choʻl hududlarida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

    31-mart va 2-aprelda togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    31-martda Toshkent viloyatining togʻli hududlarida 2000 m dan yuqorida qor koʻchishi xavfi bor.

    Poytaxtimizda: asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutiladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 24-27o boʻladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.