«Mamlakatimizda har kuni 20-40 kishida koronavirus aniqlanmoqda. Tahlillarga koʻra, oxirgi 3-4 haftada kasallanish koʻrsatkichi birmuncha pasaygan.

Hozirda ikkita asosiy yoʻnalishda ish olib borilyapti: 1) emlash jarayonini tashkil etish. Bunda moddiy-texnika bazasi, kadrlar salohiyati va muzlatgich zanjirini saqlash masalasi koʻzda tutilgan; 2) vaksinalarni xarid qilish.

3168 ta emlash punkti va 860 dan ziyod mobil brigada tashkil etilgan. Bu yoʻnalishda zarur vositalar uchun 6 mlrd soʻmdan ziyod mablagʻ ajratilgan va xarid jarayonlari amalga oshirilmoqda.

10 mingdan ortiq vaksinator, patronaj hamshiralari, 33 mingdan ortiq shifokor emlash jarayoniga tayyorgarlik koʻrishgan».