Ushbu radioaktiv chiqindilar Sovet Ittifoqi davrida uran konlari faoliyati natijasida toʻplanib qolgan. Bu muammo Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham mavjud (masalan, Qozogʻistonda — 240 mln. tonna).

Ushbu chiqindilar joylashgan hududlarni ekologik sogʻlomlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa Ittifoqi hamda qator davlatlarning homiyligi yordamida 2 mln yevro miqdorida birinchi grant ajratilishi boʻyicha qaror qabul qilindi.

Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti oʻtkazgan tekshiruvlarda 1920 ta kamchilik aniqlandi.

2019-2021-yillarda yadroviy tibbiyot hamda saraton kasalligiga qarshi kurashishni rivojlantirish maqsadida 3 ta radioterapiya apparati olib kelindi.