Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-choragida Oʻzbekistonda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 42,2 mingtani tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,7 mingtaga oshdi.

Respublikada faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlari:

Bino va inshootlar qurish – 24 ming 021 ta;

Fuqarolik obektlarini qurish – 4 ming 132 ta;

Ixtisoslashtirilgan qurilish – 14 ming 037 ta.

Faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlari soni eng koʻp boʻlgan hududlar:

Toshkent shahri – 1 098 ta;

Toshkent viloyati – 492 ta;

Namangan viloyati – 376 ta.