O‘zbekistonda 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun 4 ta xorijiy kompaniyadan takliflar kelib tushdi

    O‘zbekistonda umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ishlatish uchun mustaqil energiya ishlab chiqaruvchilar (xususiy investorlar)ni tanlash bo‘yicha eʼlon qilingan Takliflar so‘roviga javoban 4 ta kompaniya va konsorsiumdan takliflar kelib tushdi.

    Energetika vazirligidan olingan maʼlumotga ko‘ra, Buxoro viloyatida 250 MVt, Namangan viloyatida 150 MV va Xorazm viloyatida 100 MVt quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha takliflar olindi. G‘olib bo‘lgan investor quyosh fotoelektr stansiyasini loyihalash, moliyalashtirish, ishlatish, saqlash va shartnoma muddati oxirida stansiyani topshirish yoki buzib berishni amalga oshiradi.

    Buxoro viloyatidagi loyiha uchun tanlov ishtirokchilari 63 MVtdan jami 125 MVt.soat elektr energiyasi bera oladigan kimyoviy energiya saqlash akkumulyator tizimini (BESS) qurish bo‘yicha ham o‘z takliflarini taqdim etishgan.

    Tenderning ikkinchi bosqichi shunday tuzilganki, eng yirik loyiha g‘olibi (Buxoro viloyatida 250 MVt) Namangan va Xorazm viloyatlaridagi qolgan ikkita loyiha bo‘yicha tenderda qatnasha olmaydi va xuddi shunday, Namangandagi loyiha g‘olibi Xorazmdagi loyiha tenderida ishtirok etolmaydi.

    Tendering birinchi bosqichida belgilangan kompaniyalar ularning texnik, moliyaviy va tajribalarga qarab kompaniyalar tanlangan va shu talablariga qarab ular loyihalarda tenderda ishtirok etishga ruxsat olishgan. Yaʼni ayrim yirik kompaniyalar uchchala loyiha tenderlarida qantasha olishadi.

    O‘rtacha deb topilgan kompaniyalar faqat o‘rta va kichik loyiha tenderida ishtirok eta oladi, lekin Buxoro viloyatidagi yirik stansiya loyihasi uchun tenderda ishtirok eta olmaydi. Tajribasi, texnik va moliyaviy imkoni kamroq kompaniyalar faqat Xorazmdagi loyiha tenderida ishtirok etadi.

    Tenderda Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar (BAA) – yirik ishtirokchi – barcha 3 ta loyihaga, Alarko Holding AS (Turkiya) – o‘rta ishtirokchi – faqat Namangan va Xorazm viloyatlaridagi loyihalarga, Konsortsium: GD Power (Xitoy) va Powerchina (Xitoy)– yirik ishtirokchi – barcha 3 ta loyihaga va Voltalia SA (Fransiya) kichik ishtirokchi – faqat Xorazm viloyatidagi loyihaga taklif bergan.

    Takliflarning texnik va tijorat qismi baholanganidan so‘ng, Tender komissiyasi ishtirokchilarni ularning moliyaviy takliflarini ochish marosimiga taklif qiladi.