Eko-yigʻim quyidagi tovarlarga joriy etilishi mumkin:
- batareyka va akkumulyatorlar;
- transport vositalari;
- moylash materiallari;
- qadoq mahsulotlari;
- shinalar va rezina kameralar;
- shisha mahsulotlari.
Ekologik yigʻim miqdori qancha boʻlishi xabarda aytilmagan.
Taqdimotga koʻra, hozir chiqindilarning katta qismi poligonlarga yuboriladi, qayta ishlash darajasi past boʻlib, shinalar boʻyicha 17 foiz, shisha boʻyicha 6,3 foiz, plastmassa boʻyicha esa 11,2 foizni tashkil etadi.
Yillik hosil boʻladigan chiqindi hajmi plastmassa boʻyicha 1,8 million tonna, elektron chiqindi — 144 ming tonna, shisha — 647 ming tonna, moy — 250 tonna va rezina boʻyicha 217 ming donani tashkil qiladi. Shuningdek, 2035-yilga qadar elektr chiqindilar hajmi 10 ming tonnaga ortishi kutilmoqda.