Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar avgust oylarida xorijdan qiymati 912 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 48 055 dona yengil avtomobil import qilgan.
Yengil avtomobil importi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 8352 taga oshgan.
Oʻzbekistonga 2024-yilning 8 oyida eng koʻp yengil avtomobil import qilingan davlatlar:
— Xitoy – 38 085 ta
— Koreya – 8 729 ta
— AQSH – 622 ta
— Yaponiya – 139 ta
— Germaniya – 104 ta