O'zbekistonda 8 oyda eng ko'p “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan

    Eng kam ishlab chiqarilgani esa “Spark” avtomobili.

    Davlat statistika qo'mitasi 2022-yilning yanvar-avgust oylarida qancha avtomobil ishlab chiqarilgani haqida ma'lumot berdi. Unga ko'ra, ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:

    “Cobalt” — 60 660 dona

    “Lacetti-Gentra” — 55 476 dona

    “Damas” — 46 622 dona

    “Nexia T-250” — 15 680 dona

    “Spark” — 8 657 dona

    Maxsus yengil avtomobillar — 12 168 donani tashkil etadi.