O'zbekistonda 9 oy davomida 1 345,1 million dollarlik to'qimachilik mahsulotlari eksport qilindi

    Yil boshidan buyon 455 turdagi to'qimachilik mahsulotlari dunyoning 60 ta davlatiga eksport qilindi.

    Davlat statistika qo'mitasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, yurtimizda joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida faoliyat yuritayotgan jami 4806 ta to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 23,8 trillion so'm qiymatga teng mahsulotlar ishlab chiqarildi. Natijada tarmoqning fizik hajm indeksi 2019 yilning shu davriga nisbatan 111,8 foizni tashkil etdi.

    To'qimachilik korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush
    Farg'ona (14,8 %), Toshkent (10,6 %), Samarqand (9,6 %) viloyatlari hamda Toshkent shahri (8,8 %) hissasiga to'g'ri kelmoqda.

    Shuningdek, joriy yilning yanvar-sentyabr oyida 1 345,1 million AQSH dollarlik to'qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, respublika umumiy eksport hajmining 10,8 foizini tashkil etdi va o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan 14,6 foizga o'sdi. Yil boshidan buyon 455 turdagi to'qimachilik mahsulotlari dunyoning 60 ta davlatiga eksport qilindi.