«Dunyoda ushbu kasallik qayd etilishi bir kunda 300 mingga tushishi bilan biz xotirjamlikka berila boshladik. Hozirda esa jahon boʻyicha bir kunda 500-550 ming yangi bemor roʻyxatga olinyapti va afsuski, har kuni 10 mingga yaqin odam shu virus tufayli vafot etyapti.

Haddan ortiq bemalolgarchilikka berilish, kasallik yuqib qolishi mumkin degan xavotirning yoʻqolishi, qator tavsiyalarga eʼtiborsizlik — niqob taqmaslik, ijtimoiy masofa saqlamaslik, antiseptik vositalardan foydalanmaslik oqibatida kasallanish koʻrsatkichi oshib ketdi.

Dam olish va sayr qilish istagida xorijiy davlatlarga borish, u yerlarda epidemik noxush hududlardan kelgan shaxslar bilan muloqotda boʻlish natijasida COVID-19 infeksiyasi va uning “Britancha” shtammlari ham respublikamiz hududiga kirib keldi».