Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, shu yilning 1-iyul holatiga respublikamizning doimiy aholisi 37 134,2 ming kishini tashkil etgan.

Mamlakatimiz aholisi 2024-yil boshidan buyon 334,5 ming kishiga koʻpaygan boʻlsa, shu yilning har bir oyida oʻrtacha 55,7 ming kishiga oshgan.

2024-yilning har bir kunida esa doimiy aholi soni oʻrtacha 1,8 ming kishiga koʻpaymoqda.