Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 1991-yil boshida Oʼzbekiston Respublikasi doimiy aholisi tarkibida ayollarning ulushi 50,6 foizni tashkil etgan.
2022-yil boshiga kelib, ushbu koʼrsatkich 49,7 foizni tashkil etgan hamda 1991-yilga nisbatan 0,9 foizga kamaygan.
Yillar kesimida doimiy aholi tarkibida ayollar ulushi:
— 1991-yil – 50,6 %
— 2000-yil – 50,2 %
— 2010-yil – 49,9 %
— 2020-yil – 49,7 %
— 2022-yil – 49,7 %