Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga respublika boʻyicha aholi zichligi 1 kvadrat kilometrga oʻrtacha 83,6 kishini tashkil etmoqda.
Yillar boʻyicha aholi zichligi dinamikasi quyidagicha:
- 1991-yil — 46,1 kishi;
- 1995-yil — 50,2 kishi;
- 2000-yil — 54,6 kishi;
- 2005-yil — 58 kishi;
- 2010-yil — 62,4 kishi;
- 2015-yil — 69,1 kishi;
- 2020-yil — 75,5 kishi;
- 2025-yil — 83,6 kishi.
1-aprel holatiga koʻra hududlar boʻyicha aholi zichligining eng yuqori koʻrsatkichlari Toshkent shahrida 1 km² ga oʻrtacha 6 ming 983,2 kishini, Andijon viloyatida 807,9 kishini hamda Fargʻona viloyatida 615,7 kishini tashkil etgan.








