“Oʻzbekneftgaz” AJ masʼulining maʼlum qilishicha, taraqalyotgan xabar toʻgʻri, ayni paytda Oʻzbekistonda Ai-92 benzinining 1 litri 8600 soʻmdan sotilmoqda.

“Xabaringiz bor, avvalroq 9200 soʻmdan sotilib kelingan Ai-92 benzini narxi mart oyida eʼlon qilingan aksiya doirasida 7500 soʻmga tushirilgan edi. Ayni paytga kelib mazkur aksiya muddati tugadi. Biroq, narx avvalgi kabi 9200 soʻm emas, biroz arzonlashtirib, 8600 soʻm etib belgilandi”, - deya izoh berdi jamiyat masʼuli