Bu haqda Majburiy ijro byurosining boʻlim katta inspektori Hakimjon Ikromov OʻzAga maʼlum qilgan.
Aliment undiruvi 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab:
- qarzdorning nafaqasiga qaratilgan ijro hujjatlari boʻyicha toʻlanadigan aliment miqdori 15 foizga,
- 1-oktyabrdan boshlab, qarzdor pedagog xodimlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari boʻyicha toʻlanadigan aliment miqdori 15 foizga,
- xususiy sektor va byudjet tashkilotlarida faoliyat yurituvchi qarzdorlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari boʻyicha toʻlanadigan aliment miqdori esa 10 foizga oshadi.
Shuningdek, 1-oktyabrdan ishsiz aliment toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan aliment miqdori ham oʻrtacha 10 foizga oshadi.
Maʼlumot uchun: agar aliment toʻlovchi shaxs ishlamaydigan boʻlsa yoki uning ish haqi va daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda Oʻzbekistondagi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori boʻyicha hisoblab chiqiladi.