Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni Xitoy bosma nashrlarida

    OAV O‘zbеkiston haqida 21 Iyul 2022 5908

    Xitoyning “Silk Road Review”, “Pseacher” va “Kitay” jurnallarida Oʻzbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarga bagʻishlangan turkum maqolalar chop etildi.

    Nashrlarda qayd etilishicha, Konstitutsiyaviy islohotlar 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan adolatli va chinakam xalqparvar davlatni barpo etishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan vazifalarni hayotga tatbiq etishda mustahkam poydevor boʻlishga xizmat qiladi.

    Xitoy OAV eʼlon qilgan materiallarda Asosiy qonunni Oʻzbekiston jamiyatining zamonaviy voqeliklari bilan uygʻunlashtirish, mamlakatni ochiq va jadal rivojlanayotgan davlatga aylantirgan Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning mazmun-mohiyati Oʻzbekiston uchun ustuvor vazifa ekanligi qayd etilgan.

    Maqolalarda “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy yoʻnalishlari chuqur tahlil qilingan. “Oʻzbekiston – ijtimoiy davlat” gʻoyasi oʻz ifodasini topgan ijtimoiy sohani rivojlantirish va har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, davlatning bu boradagi masʼuliyatini kuchaytirish ustuvor vazifa etib belgilangani taʼkidlangan.

    “Islohotlar jarayonining muhim yoʻnalishi erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bilan bogʻliq. Tashkiliy jihatdan bu oʻzbek xalqiga ezgu milliy anʼanalar, maʼnaviyatni asrab-avaylash, yosh avlodni asrlar davomida doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik, insonparvarlik va bagʻrikenglik ruhida tarbiyalash imkonini beruvchi mahalla institutini mustahkamlashga asoslanadi”, deb yozadi Xitoy jurnallari. Bu haqda “Dunyo” AA xabar beradi.