Oʻzbekistonda avgust oyida qancha ohaktosh qazib olingani maʼlum boʻldi

    Shu yilning avgust oyida qazib olingan ohaktosh oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan 2,1 barobarga oshgan.

    Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

    Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 281,5 ming tonna ohaktosh qazib olingan.

    Shuningdek, 2024-yilning avgust oyida yirik korxonalar tomonidan 37,9 ming tonna ohaktosh qazib olingan.