баннер
27 Apr 2025
15:35

    Oʻzbekistonda aviatsiya yonilgʻisi ishlab chiqarilishi mumkin

    “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi“ sammiti arafasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov “Air Products and Chemicals Inc” kompaniyasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalarini muhokama qilindi. Shuningdek, mamlakatimizda uglerodni ushlash va saqlash, aviatsiya yoqilgʻisini ishlab chiqarish va koʻmirni gazlashtirish boʻyicha yangi loyihalar koʻrib chiqildi.

    Hozirda Buxorodagi MTO majmuasida kislorod va azot ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni amalga oshirilmoqda va 200 million dollardan ortiq sarmoya kiritilgan. Majmua plastmassa, avtomobilsozlik va qurilish kabi sohalarni metanol va olefin bilan taʼminlashga moʻljallangan.

    Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga oʻzaro tayyor ekanliklarini va joriy loyihalarni muvaffaqiyatli yakunlash hamda yangi loyihalarni amalga oshirish doirasida samarali hamkorlik qilish mexanizmlarini ishlab chiqildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech