Oʻzbekistonda ayol taksichilar soni ortib bormoqda

    Oʻzbekistonda bir oy davomida yakka tartibdagi tadbirkor ayol taksichilar soni ortgan. Agar 1-mart holatiga 1053 nafar ayol roʻyxatga olingan boʻlsa, aprel oyida ularning soni 1500 nafarga yetdi.

    Bu haqda Soliq qoʻmitasi maʼlum qildi.

    Soliq mobil ilovasida bepul roʻyxatdan oʻtgan holda daromad soligʻidan imtiyozga ega boʻlib, bugungi kunda 481,4 ming nafar haydovchi oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanmoqda. Eʼtiborlisi shundaki ularni 1 500 nafarga yaqin ayol haydovchilar.

    213,1 ming nafari soliq organlari axborot tizimlari bilan toʻliq integratsiyas qilingan 6 ta onlayn-taksi agregatorlari (Yandex, Uklon, MyTaxi, Intellekt servis, Promo Technology group, TOTMEGA) orqali faoliyat yuritmoqda.

    2024-yilning oʻtgan davrida ular tomonidan toʻlangan soliqlar 20,4 mlrd soʻmni tashkil etgan. Koʻrsatilayotgan har bir tashish xizmati uchun elektron fiskal chek shakllanmoqda.

    Fiskal chek berilishi hisobiga yil boshidan 866,3 mlrd soʻm shundan, yanvar oyida 73,8 mlrd soʻm, fevral oyida 159,4 mlrd soʻm, mart oyida 414,1 mlrd soʻm, aprel oyida 219 mlrd soʻm daromadlari rasmiylashtirildi. Shuningdek, integratsiya qilish boʻyicha yana 125 ta agregatorga amaliy yordamlar koʻrsatilmoqda.