Oʻzbekistonda ayollar koʻpmi yoki erkaklar? degan savolga deyarli barcha ayollar koʻp deb javob berishadi. Koʻpchilik ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bir yigitga nechtadir qiz toʻgʻri keladi deb izohlar qoldirishdi. Lekin ishoning rostanam erkaklar soni koʻp. Oxirgi yillarda oʻgʻil bolalar tugʻilishi koʻpaygan. Aynan shuning hisobiga respublikamizda ayollar soniga nisbatan erkaklar soni oshgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-oktyabr holatiga respublikamizning doimiy aholisi soni 35 079 190 kishini tashkil etmoqda.

Ayollar soni – 17 432 730 nafar;

Erkaklar soni – 17 646 460 nafar;

Erkaklar soni ayollarga qaraganda 213 730 nafarga koʻp.

Ayol rahbarlar boshqaruvida 36 295 ta kichik korxona va mikrofirmalar mavjud.

Iqtisodiyot tarmoqlarida 5,5 million nafar ayollar ishlamoqda.