баннер
17 Mar 2025
01:40

    Oʻzbekistonda bir kishiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha yashash maydoni maʼlum boʻldi

    Oʻzbekistonda aholining uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi har bir aholiga umumiy yashash maydonidan oʻrtacha 18,9 kvadrat metrni tashkil etadi.

    Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich 2023-yilga nisbatan 0,4 kvadrat metrga oshgan.

    Hududlar kesimida oʻrtacha eng keng yashash maydoniga ega hudud Navoiy viloyati (27,4 kv. m) boʻlsa, eng past oʻrtacha koʻrsatkich Surxondaryo viloyatida (13,4 kv. m) qayd etilgan.

    Eng yuqori taʼminlangan hududlar:

    • Navoiy viloyati – 27,4 kv. m;
    • Xorazm viloyati – 24,1 kv. m;
    • Toshkent shahri – 22,9 kv. m;
    • Toshkent viloyati – 22 kv. m.

    Oʻrtacha darajadagi hududlar:

    • Fargʻona – 20,1 kv. m;
    • Samarqand – 20 kv. m;
    • Sirdaryo – 19,8 kv. m;
    • Qoraqalpogʻiston R. – 17,6 kv. m;
    • Jizzax – 17,4 kv. m;
    • Buxoro – 17,2 kv. m.

    Eng past taʼminlangan hududlar:

    • Namangan – 16,6 kv. m;
    • Qashqadaryo – 16,4 kv. m;
    • Andijon – 15,8 kv. m;
    • Surxondaryo – 13,4 kv. m.


    Telegram kanalimiz
    Text to speech