14-sentyabrdan boshlab ushbu jarayon mamlakat boʻylab bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 4-5 yoshli bolalar uchun oʻrta guruhlar ochilishi oktyabr oyiga, 3 yoshli bolalardan iborat kichik guruhlar ochilishi esa noyabr oyiga rejalashtirilmoqda.
Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan oʻtkazilgan anjumanda maʼlum qilingan.
– Ochilish muddatlari mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga qarab oʻzgarishi mumkin, – dedi maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin. – Elektron navbat faoliyati joriy yilning noyabr oyigacha ishlamay turadi.
Har bir guruhda tarbiyalanuvchilarning maksimal soni 15 nafar etib belgilanmoqda.