1 gektar yer maydonga ekilsa, undan 300 tonna chorva uchun ozuqa, 100 tonna qoʻziqorin, 24 tonna organik mineral oʻgʻit olish mumkin. Uning poyasidan qurilish paneli (DSP) va qogʻoz ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻysa boʻladi.

Bu borada, yaʼni qurgʻoqchilikka chidamli oʻsimlik yetishtirish loyihasini amalga oshirish yuzasidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Xitoyning “National Engineering Research Center” milliy tadqiqot markazi bilan kelishuvga erishdi.