O‘zbekistonda “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tadi

    Madaniyat 25 Aprel 2022 2221

    Joriy yilning 7-8-may kunlari Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali boʻlib oʻtadi. Festivvalda mamlakatimiz folklor jamoalarining 200 dan ortiq vakillari ishtirok etadi.

    Shuningdek, tadbir doirasida kurash, etnosport, velomarafon, uloq-koʻpkari, arqon tortish va boshqa xalq oʻyinlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazish rejalashtirilgan.

    Eslatib oʻtamiz, Boysun madaniy makoni YUNESKO tomonidan “Insoniyatning ogʻzaki va nomoddiy madaniy merosi” durdonasi sifatida eʼtirof etilgan va 2008-yilda tashkilot tomonidan “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi” Reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan.