Taʼkidlanishicha, hafta davomida Oʼzbekistonda beqaror ob-havo boʼlishi kutilmoqda. Respublika hududida boʼyicha vaqti-vaqti bilan asosan yomgʼir koʼrinishidagi yogʼingarchilik boʼladi.
Togʼoldi va togʼli hududlarda yogʼingarchilik, 16-17-fevralda baʼzi joylarda kuchli yomgʼir va qor koʼrinishidagi yogʼingarchilik boʼladi.
14-16-fevralda respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.
Ushbu haftaning harorat foni fevral oyining oʼrtasi uchun boʼlgan iqlimiy meʼyorga yaqin boʼladi. Kechalari havo harorati 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari asosan 6-11 daraja iliq atrofida boʼladi. Respublika shimolida haftaning birinchi yarmida kechalari 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, ikkinchi yarmida esa kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq boʼladi.
Poytaxtimizda: bugun kunduzi yogʼingarchilik kutilmaydi, 14-15 va 17-fevralda vaqti-vaqti bilan biroz yomgʼir yogʼadi, 16-fevralda yomgʼir yogʼadi. Havo harorati kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 7-10 daraja iliq atrofida boʼladi.