10–11-noyabr kunlari kechasi va ertalab 0–3 daraja iliq, kunduzi +13...+16 daraja iliq boʻladi. Hafta oʻrtasidan eʼtiboran kechasi +4...+7 daraja, kunduzi esa +17...+20 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.
Respublika hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanadi. Faqat Toshkent viloyatining togʻli hududlarida 10–11-noyabr kunlari yomgʻir yoki qor yogʻishi mumkin.
Toshkent shahrida yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +13...+20 daraja iliq boʻladi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.








