Oʻzbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotgani maʼlum qilindi

    Yashil sayyora 22 Oktabr 2021 1006

    “Oʻzgidromet” 23–24-oktyabr kunlari Oʻzbekistonda salqin ob-havo saqlanib turishi haqida xabar bermoqda.

    Qayd etilishicha, 22-oktyabr, juma kuni respublika hududining kattta qismida quruq va sovuq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Harorat 8–13 daraja iliqni tashkil etadi, bu oktyabr oyining oxirigi oʻn kunligi uchun boʻlgan iqlimiy meʼyorlardan 8–10 darajaga past. Faqat Fargʻona vodiysining va respublika togʻli hududlarining baʼzi joylarida yogʻingarchilik ehtimoli saqlanib turadi. Ayrim togʻli hududlarda yogʻingarchilik kuchli boʻlishi mumkin.

    Shuningdek, shanba va yakshanba kuni Oʻzbekistonnning barcha hududida quyoshli, lekin salqin ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Harorat meʼyordan past boʻladi. 23-oktyabr kuni kechasi havo harorati -2 daraja sovuq, 3 daraja iliqni tashkil etadi, kunduzi 11–16 daraja iliqdan oshmaydi.

    24-oktyabr, yakshanba kuni havo biroz iliq boʻladi, kechasi harorat 0–5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha tushadi, kunduzi 13–18 daraja iliq boʻladi.