Respublikaning baʼzi hududlarida 30-oktyabr kuni kunduzi +27 darajagacha issiq boʻladi. 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7…+12 daraja iliq, kunduzi 28 oktabrda +20…+25 daraja iliq, 29 oktabrda +22…+27 daraja iliq, 30 oktabrda +17…+22 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +9…+14 daraja iliq, kunduzi +22…+27 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 28 oktabrda +7…+12 daraja iliq, 29-30 oktabrda +9…+14 daraja iliq, kunduzi +22…+27 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +9…+14 daraja iliq, kunduzi +23…+28 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-29 oktabrda kechasi +7…+12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 30 oktabrda kechasi +9…+14 daraja iliq, kunduzi +22…+27 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +4…+9 daraja iliq, kunduzi +15…+20 daraja iliq boʻladi.