Oʻzbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha “1 ming + 1 ming + 40” dasturi qabul qilindi

    Hukumat 27 Aprel 2023 1277

    Oʻzbekiston zamonaviy texnologiyalar olib keladigan investorlarga barcha sharoitlarni yaratish, alohida texnopark hamda sanoat zonalari tashkil qilish va boshqa qoʻshimcha imtiyozlarni yaratib berishga tayyor.

    Bu yil Oʻzbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha “1 ming + 1 ming + 40” dasturi qabul qilindi.

    Bu 1 mingta korxonadagi davlat ulushlari hamda yana 1 mingta davlatga tegishli koʻchmas mulk obyektlari ochiq auksion savdolariga chiqariladi, iqtisodiyotimiz uchun strategik ahamiyatga ega 40 ta korxona IPO ga olib chiqiladi degani. Jumladan, oltin, mis ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar, telekommunikatsiya va sugʻurta kompaniyalari hamda banklar aksiyalari investorlarga taklif etiladi.

    “Biz industrial rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqishga ustuvor ahamiyat beramiz”, - dedi davlat rahbari.

    Masalan, hozirgi kunda toʻqimachilik, charm-poyabzal, qurilish materiallari, elektr texnikasi, mashinasozlik tarmoqlari yetarli xomashyo bazasi va malakali kadrlarga ega. Yaʼni, shu sohalarda “katta sakrash” qilib, ulardagi ishlab chiqarish va eksportni 2 barobar oshirish uchun yetarli imkoniyatlar bor. Buning uchun yirik brendlar bilan hamkorlik, tashqi bozorlarga chiqish, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar kerak.

    Oʻzbekiston bularni olib keladigan investorlarga barcha sharoitlarni yaratish, alohida texnopark hamda sanoat zonalari tashkil qilish va boshqa qoʻshimcha imtiyozlarni yaratib berishga tayyor.