Oʻzbekistonda vaksinatsiyaning salbiy oqibatlaridan himoyalanishga qaratilgan sugʻurta xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifing davomida “Oʻzagrosugʻurta” AJ kompaniyasi axborot xizmati rahbari Shuhrat Qobilov maʼlum qildi.
“Soʻnggi vaqtlarda koronavirusga qarshi vaksinalar haqidagi turli mish-mishlar aholi orasida emlanishdan ikkilanishni keltirib chiqarmoqda. “UZINSURANCE” kompaniyasi tomonidan bozorda birinchilardan boʻlib, vaksina qabul qilgan shaxsning mehnat qobiliyatini yoʻqotishi yoki vafot etish holatlaridan sugʻurta qilish mahsuloti ishlab chiqilgan” – dedi u.
Maʼlum qilinishicha, sugʻurta polisi uchun toʻlov 5 va10 ming soʻm boʻlib, bunda sugʻurta javobgarligi 25 va 50 mln soʻmni tashkil etadi. Sugʻurta shartnomasini rasmiylashtirish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat, vaksina olish jarayoni bilan bogʻliq maʼlumotlar talab etiladi.