Oʻzbekistonda erkaklar 58 yoshda ham pensiyaga chiqishlari mumkin

    Ijtimoiy hayot 2 Aprel 2021 8703

    Ushbu savolga Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi javob berdi.

    Unga koʻra, amaldagi pensiya qonunchiligiga asosan yoshga doir pensiya olish huquqiga: erkaklar — 60 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 25 yil boʻlgan taqdirda; ayollar — 55 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 20 yil boʻlgan taqdirda ega boʻladilar.

    Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarga:

    erkaklar — 58 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 25 yil boʻlgan taqdirda;

    ayollar — 53 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar.