Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan OTMlar soni maʼlum qilindi

    Ta'lim 14 Fevral 2022 3073

    Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan OTMlar sonini maʼlum qildi.

    Oliy taʼlim vazirligi maʼlumotiga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistonda 159 ta, shu jumladan, Toshkent shahrida 72 ta, hududlarda 87 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:

    - universitet — 28 ta;
    - institut — 47 ta;
    - akademiya — 3 ta;
    - konservatoriya — 1 ta;
    - filial — 26 ta;
    - xorijiy OTM va uning filiallari — 30 ta;
    - nodavlat OTM — 24 ta.

    Davlat oliy taʼlim muassasalari tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:

    - Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi - 53 ta;
    - Qishloq xoʻjaligi vazirligi - 5 ta;
    - Sogʻliqni saqlash vazirligi - 11 ta;
    - Madaniyat vazirligi - 9 ta;
    - Badiiy akademiya - 1 ta;
    - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - 7 ta;
    - Adliya vazirligi - 2 ta;
    - Transport vazirligi - 1 ta;
    - Navoiy kon-metallurgiya kombinati - 2 ta;
    - Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
    - Din ishlari boʻyicha qoʻmita - 1 ta;
    - Qurilish vazirligi - 2 ta;
    - Turizm va sport vazirligi - 4 ta;
    - Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi - 3 ta;
    - Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi - 1 ta;
    - Davlat soliq qoʻmitasi - 1 ta;
    - Prezident taʼlim muassasalari agentligi - 1 ta.

    Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.