Ushbu tizim orqali “Jizzax Organic” kompaniyasining rossiyalik mutaxassislari qoramollarni masofadan turib koʻrikdan oʻtkazadi hamda ularning egalariga davolash, boqish va dori vositalarini qoʻllash boʻyicha maslahatlar beradi.

«Onlayn-veterinariya sohani rivojlantirishning ushbu bosqichida juda zarur. Fermerlar tez-tez kasal hayvonlarni koʻrikdan oʻtkazish uchun “Jizzax Organic"ga murojaat qiladi. Fermerlarga bunday yordamni koʻrsatish uchun bizda resurslar va yuqori malakali ishchilar mavjud. Veterinariya autsorsingning narxi eng past darajada boʻlib, faqat sarflangan xarajatlarni qoplash uchun oʻrnatilgan», - dedi Jizzax Organic direktori Hikmatilla Karimov.

Seminar tashkilotchilari, shuningdek, qoramol nasldorligini yaxshilash va Oʻzbekiston bozorini sifatli goʻsht bilan taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritdi.

Endilikda fermerlar uchun quyidagi imkoniyatlar mavjud:

  • veterinariya qoʻmitasidan beriladigan davlat subsidiyalari: zotdor mollarning har bir birligi uchun 1 milliondan 2 milliongacha, goʻsht uchun boqilgan hayvonning har bir kilogramm tirik vazniga 2 ming soʻm;
  • AQSH, Rossiya va Yevropadan keltirilgan ikkinchi toifali gʻunajinlarni tannarxi boʻyicha sotib olish. “Jizzax Organic” klasteri zotli hayvonni import qilish va iqlimga moslashtirish bilan bogʻliq barcha xatarlarni oʻz zimmasiga oladi, shuningdek, keyinchalik tugʻilgan buzoqlarni dehqondan bozor narxidan yuqori narxda sotib olish majburiyatini oladi.

Ushbu kompleksli dastur, bozorga yuqori sifatli mahalliy mahsulot kirib kelishi hisobiga, goʻsht narxlarini pasaytirishi va uning import hajmini kamaytirishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun:

“Jizzax organic” MCHJ XK Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-iyuldagi 619-son Qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish uchun tashkil etilgan. Korxonaning ishi Oʻzbekistonning qishloq xoʻjaligi sektorini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan. “Jizzax organic” MCHJ XK chorvachilik, oʻsimlikshunoslik va seleksiya-genetika ishlari bilan shugʻullanadi. Jizzax qishloq xoʻjaligi klasteriga investitsiyalar summasi 150 mln AQSH dollarini tashkil etadi.