Bu haqida SSV matbuot xizmati xabar berdi. Gap shundaki, Germaniyada xizmat safarida bo'lgan O'zbekiston sog'liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiya tibbiy texnologiyalar ishlab chiqarish borasida dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri — "Aesculap" rahbariyati bilan uchrashgan.
Muzokaralar davomida “Aesculap” akademiyasida 10 nafar o'zbekistonlik xirurg malakasini oshirish hamda kelgusida yurtimizda mazkur akademiya maktabini ochish yuzasidan kelishuvga erishildi.