Faqat 26-mart kuni hamda 27-martga oʻtar kechasi Buxoro va Navoiy viloyatlarida, shuningdek, respublika togʻ oldi va togʻli hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baland togʻli hududlarda yogʻingarchilik, yaʼni yomgʻir va qor kuzatilishi ehtimol qilinmoqda.
Havo harorati asosan kechalari +10...+15 daraja iliq, kunduz kunlari +23...+28 daraja iliq boʻladi. Respublika shimoli va choʻl hududlarida ayrim kunlari harorat +30...+32 darajagacha koʻtarilishi mumkin.
Shamol tezligi 7–12 m/s ni tashkil etadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, baʼzi hududlarda esa chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 24–26-mart kunlari +23...+26 daraja iliq, 27-mart kuni esa +27...+29 daraja iliq boʻladi. Kechalari esa harorat +10...+15 daraja atrofida saqlanadi.