Oʻzbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

    21-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 22-23-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, 21-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 22-23-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-noyabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 21-noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduz 18-23° iliq, 22-noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduz 10-15° iliq, 23-noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 21-22-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 23-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22-noyabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 21-noyabrda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 22-27° iliq, 22-noyabrda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 23-noyabrda kechasi
    5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.

    Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 22-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-noyabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 21-noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 22-27° iliq, 22-noyabrda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 23-noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduz 13-18° iliq boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 22-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22-noyabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 22-noyabrda ayrim joylarda 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.
    Harorat 21-noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 23-28° iliq, 22-noyabrda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 23-noyabrda kechasi 4-9° iliq, kunduz 15-20° iliq boʻladi.

    Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 21-22-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 23-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23-noyabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq, 22-noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 23-noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduz 12-17° iliq boʻladi.

    Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 22-noyabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), kuchli boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-noyabrda baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq,
    22-noyabrda kechasi va kunduzi 7-12° iliq, 23-noyabrda kechasi va kunduz 3-8° iliq boʻladi.