Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻylab sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. 3-noyabrdan 5-noyabrgacha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Togʻoldi va togʻli hududlarda qorga aylanadi, 4-noyabr baʼzi joylarda kuchli yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda.
4 va 5-noyabr kunlari harorat kechasi 0 -3 daraja sovuqgacha, shimolda -5 daraja sovuqgacha, kunduzi +5...+10 daraja iliqgacha asta-sekin pasayadi.
6-noyabrdan boshlab hafta oxirigacha Oʻzbekiston boʻylab yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib qoladi. Baʼzi hududlarda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Havo harorat 3-5 daraja iliqgacha, kunduzi 13-16 daraja iliqgacha koʻtariladi.
Toshkentda havo oʻzgaruvchan boʻladi, bugun kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 14-16 daraja iliqni tashkil etadi.
4-noyabrdan 5-noyabrning tongiga qadar vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi.
Havo harorat 4-5-noyabrda kechasi 0-2 daraja sovuqgacha, kunduzi
5-7 daraja iliqgacha pasayadi. Hafta ohirida kechasi salqin havo haroratlari saqlanib qoladi, kunduzi esa10-13 daraja iliqgacha koʻtariladi.








