O'zbekistonda haj mavsumi 2023 yil 4 iyundan boshlanadi

    Dolzarb 28 May 2023 5129

    Mamlakatimizdan Saudiya Arabistoniga shu yil 2023 yil 4 iyundan 19 iyunga qadar har kuni 4 ta aviaqatnov amalga oshiriladi.

    O'tgan yillarda ziyoratchilarimiz Respublikamizning 7 ta hududiy aeroportlaridan kuzatilgan bo'lsa, bu yil yanada qulaylik yaratish maqsadida, o'lkamizning 10 ta hududiy aeroportlaridan – Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Farg'ona-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Termiz-Madina Urganch-Madina, Nukus-Madina va Navoiy-Madina yo'nalishlari bo'yicha ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi.

    “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha Respublika Jamoatchilik kengashi “Haj – 2023” mavsumiga tayyorgarlik ishlarini turli yo'nalishlarda amalga oshirilmoqda.

    Jumladan,ziyoratchilarni guruhlarga ajratish, ellikboshilar biriktirish, ularning malakasini oshirish, shifokorlash ajratish, oshpazlarni jalb etish ishlari yakuniga etkazildi.

    «Haj-2023» mavsumiga tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish maqsadida dastlabki ishchi guruh Saudiya Arabistoniga jo'nab ketgan va ayni paytda ular tomonidan barcha tashkiliy va amaliy sa'y-harakatlar olib bormoqda.

    Tajribali ulamolar tomonidan ellikboshilar bilan ziyoratchilarga xizmat ko'rsatish yuzasidan safar oldi o'quv mashg'ulotlari o'tildi. Shu kunlarda guruh rahbarlari ziyoratchilar bilan safar oldi o'quv mashg'ulotlarini boshlab yubordi. Haj amalining fazilati, ruknlari, safarga tayyorgarlik ko'rishda nimalarga e'tibor berish kerakligi haqidagi masalalar bayon etilmoqda.

    Shuningdek, haj ibodatining odoblari va tartib-qoidalari ham tushuntirilmoqda. Qolaversa, ziyoratchilarga haj risolasi ham taqdim etildi.

    Bundan tashqari, O'zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoq sahifalarida haj ibodati haqidagi turkum suhbatlar, tavsiyalar, maqolalar, shar'iy savol-javoblar berib borilmoqda.