Ye-sim bitta smartfonda odatiy SIM kartasiz beshtagacha raqamdan foydalanish imkonini beradi va boshqa bir qator qulayliklar ham taqdim etadi. Ye-sim smartfon yoki planshetga avvaldan oʻrnatilgan modul boʻlib, qshshimcha haq talab qilinmaydi hamda mobil qurilmada koʻplab raqamlardan foydalanishga imkon beradi.
Ye-simning afzallik tomonlaridan biri shundaki, uni olib tashlash, buzish yoki yoʻqotib qoʻyishning iloji yoʻq. Chunki u taʼkidlanganidek, smartfon yoki planshet mikrosxemasiga oʻrnatilgan. U oddiy sim kartalar kabi bandlanib qolmaydi va unda PIN yoki PUK kodlar mavjud emas. Qurilma yoʻqolgan yoki oʻgʻirlangan taqdirda, uchinchi shaxslar abonent raqamidan foydalana olmaydi. Shu bilan birga, Ye-sim barcha uyali aloqa xizmatlarini qoʻllab-quvvatlaydi.
Mazkur texnologiya faqat maʼlum qurilmalar modellarida ishlaydi. Abonentlar Ye-sim texnologiyasidan foydalangan xolda 5 tagacha raqamni ulashlari va xohlagan raqamdan mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.