O‘zbekistonda hafta oxiriga borib havo harorati 37° gacha ko‘tariladi

    "O‘zgidromet" bu hafta uchun ob-havo ma’lumotini ma’lum qildi.

    Bugun va ish haftasi davomida O‘zbekistonning tekislik hududlari bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi.

    Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida 29-31 may kunlari kovektiv bulutlilik rivojlanishida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

    Harorat kechalari 15-20° atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari ish haftasining boshida harorat 32-37° dan oxiriga kelib esa 35-37° gacha asta-sekin ko‘tariladi.

    Poytaxtimizda havo kam bulutli bo‘ladi, sharqiy yo‘nalishdagi shamol biroz esishi kutilmoqda. Havo harorati bugun kunduzi 32-34° bo‘ladi, hafta oxiriga kelib, 36-37° gacha ko‘tariladi.